THE GLAMOUR GRAND SHOW:
Toshkentdagi Mirabad Avenue’da 28-may kuni SUMMER DREAM bo'lib o'tdi.
28-mayda Toshkentning qoq markazida — Mirabad Avenue hududida — mavsumning eng yorqin voqeyligi bo’lib o’tdi. Glamour Grand Show: Summer Dream moda, yoz muhitini dabdabali open-air formatida birlashtirdi va uslub hamda ilhomning haqiqiy bayramiga aylandi.






Glamour Avenue jamoasi Mirabad Avenue makonining qiyofasini to’liq o’zgartirdi: qum shag’al, palmalar, bungalo-barlar, kokteyllar, neonli chiroqlar va jahon brendlarining yangi to’plamlaridan obrazlar haqiqiy summer escape hislarini tuhfa etdi. Moskvadan taklif etilgan stilist — Daniil Bergning stilizatsiyasidagi 120 dan ortiq obrazlar 130 metrli podiumda 65 nafar model tomonidan namoyish etildi.

Glamour Grand Show: Summer Dream: erkin siluetlar, yorqin ranlar, animalistik va gulli naqshlar, fakturalar va stilistik yo’nalishlarning nozik o’yini qorishmasi — office core feshionist favoritidan tortib, aktual boxo’gacha.
Shaharning qoq o’rtasida urfbop tropik voha
Shouni tomosha qiling
Moda, san’at va hissiyotlarni birlashtirgan voqeylik
Shouga 1600 dan ortiq mehmon tashrif buyurdi: kompaniyaning do’stlari va hamkorlari, estrada yulduzlari, selebriti, madaniyat va san'at vakillari, media makon, blogerlar, feshionistlar va yuqori moda ihlosmandlari. Oqshomning yorqin final voqeyligi taniqli Artik&Asti musiqiy duetining chiqishi bo’ldi.
Mehmonlar
VIDEO
Glamour Grand Show: Summer Dream — yangi formatdagi moda
Glamour Grand Show: Summer Dream nafaqat moda namoyishi, balki ochiq osmon ostidagi haqiqiy fashion-performens bo’ldi, unda moda shahar madaniyatining ajralmas qismiga aylandi.