GLAMOUR AVENUE x DOLCE&GABBANA ITALIAN APERITIVO
11-sentabr kuni Toshkentda GLAMOUR AVENUE X DOLCE&GABBANA Italian Aperitivo oqshomi bo‘lib o‘tdi. Tadbir italyan gastronomik madaniyati, musiqa va barchaga sevimli dolce vita estetikasi atrofida mehmonlarni birlashtirdi.
Oqshom INTERCONTINENTAL TASHKENT mehmonxonasining 17-qavatidagi EMBER&EMBAR terrasasida ochiq osmon ostida bo‘lib o‘tdi. Standing format italyan aperitivosiga xos dinamik muhitni yaratib, musiqa, do‘stlar va hamkorlar davrasidagi samimiy muloqot hamda kechki Toshkentning panoramali manzarasini birlashtirdi.
DOLCE VITA MUHITI
Musiqiy dasturni italiyalik xonanda Thayla Orefice ochib berdi, shundan so‘ng oqshom DJ-set bilan davom etdi. Dasturni soft modelling to‘ldirdi — DOLCE&GABBANA yangi to’plamlaridan obrazlar, arxiv buyumlari hamda xonanda Jennifer Lopez uchun yaratilgan eksklyuziv marvarid libosi Moda Uyiga xos italyan modasining ifodali ruhini namoyon etdi.
MUSIQA, MODA VA ITALYANCHA JOZIBA
Gastronomik dastur oqshomning asosiy qismlaridan biriga aylandi. Mehmonlar DONNAFUGATA vinolari va FIASCONARO desertlaridan bahramand bo‘lishdi, shuningdek, Michelin yulduzi bilan taqdirlangan restoran shef-pazari tomonidan o‘tkazilgan PASTA DI MARTINO kulinariya shousining guvohi bo‘lishdi.
ITALIYA TA’MI
LAMOUR AVENUE x DOLCE&GABBANA Italian Aperitivo oqshomi italyan madaniyati, zamonaviy moda va gastronomiyani birlashtirgan uchrashuvga aylandi — go‘zal yashash san’ati har bir tadbirning ajralmas qismiga aylanadigan brend falsafasining yorqin davomi bo‘ldi.

Oqshom mehmonlari orasida fashion va madaniyat sohasi vakillari, brend muxlislari, shuningdek, kompaniya do‘stlari va hamkorlari bo‘ldi.
DOLCE&GABBANA ITALYAN FALSAFASI
GLAMOUR AVENUE FASHION SHOW SS/26 — be inspired with us.